“MYu” himoyachisi barmog`ini sindirib olgani uchun bir oy maydonga tusha olmaydi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport
Добавлено: 11.11.2016, 11:54

“Manchester Yunayted” jamoasi himoyachisi Kris Smolling oyog`idagi barmog`ini sindirib olgani uchun kamida bir oyga safdan chiqdi, deya ma`lum qiladi “Championat.com” nashri.

Ma`lum bo`lishicha, jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino “Chelsi”ga qarshi (0:4) o`yin oldidan shifokorlar shtabidan futbolchiga og`riq qoldiruvchi ukol qilishni so`ragan. Ammo u maydonga chiqmadi. Xuddi shunday holat “Suonsi”ga qarshi (3:1) o`yinda ham kuzatildi.

Shundan so`ng portugaliyalik mutaxassis futbolchiga e`tiroz bildirdi. Tibbiy ko`rik esa himoyachining barmog`i singanini ko`rsatdi. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии