Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Aziza Niyozmetova ijodining 25 yilligi munosabati bilan yubiley konsert o`tkazmoqchi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Xonanda, Shou-biznes, Ayol
Добавлено: 11.11.2016, 12:28

Iste`dodli xonanda Aziza Niyozmetova ijodining 25 yilligi munosabati bilan yubiley konsert o`tkazishga qaror qildi. 

Konsert 26-27 yanvar kunlariga belgilangan, hozirda xonanda yakkaxon dasturi uchun jiddiy tayyorgarlik ko`rmoqda. Dasturda nafaqat yangi, balki muxlislar qalbidan chuqur o`rin egallagan qo`shiqlar ham o`rin olishi rejalashtirilmoqda.

– Jonli ijroda konsert berish niyatim bor edi. Ammo sozandalar tarkibi bilan bog`liq muammolar sabab, ba`zi qo`shiqlarni fonogramma orqali ijro etishga qaror qildim. Ammo konsert repertuarining asosiy qismini jonli ijroda kuylayman, - deydi xonanda Aziza Niyozmetova.

Xullas, qish faslining qahraton kunlarida Aziza Niyozmetova “Yuragimdan joy beraman, kelsangiz” deya ashaddiy muxlislarini “Istiqlol” san`at saroyi tomon chorlamoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes