Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Toshkentda bolalar va o`smirlar futbol murabbiylari uchun FIFA kurslari o`tkazildi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport, O`zbekiston, Toshkent

Toshkentda bolalar va o`smirlar futbol murabbiylari uchun FIFA xalqaro o`quv kurslari o`tkazildi. 7 noyabrda boshlangan ushbu o`quv dasturi 11 noyabr kuni yakunlandi. Unda Respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 30 nafar bolalar va o`smirlar futboli murabbiylari ishtirok etdi, deb xabar beradi O`FF matbuot xizmati. 

Seminarlarni FIFA va OFK instruktori Usmon Toshev o`tkazdi. Unga O`FF bolalar, o`smirlar va ommaviy futbol bo`limi boshlig`i Shavkat Imomov yordam berdi.

Seminar qatnashchilari o`quv kurslari davomida FIFA taqdimotlari bilan tanishdilar va har bir taqdimotdan keyin muhokama va debatlar o`tkazildi.

O`quv dasturi nazariy va amaliy mashg`ulotlarni o`z ichiga kiritdi. Dastur yakunida bolalar uchun futbol festivali tashkil etildi.

2008 va 2006 yillarda tavallud topgan 200dan ortiq bolalar va qizlar ushbu festival O`FF sun`iy qoplamali maydonida o`tkazildi. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии