Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Birinchi Liga hakamlari uchun FIFAning yangi qoidalari bo`yicha seminar bo`lib o`tadi

Бўлимлар: Sport
Теглар: Futbol, Sport
Добавлено: 11.11.2016, 15:59

Birinchi Ligada faoliyat olib borayotgan hakamlar va nazoratchilar uchun FIFAning yangi qoidalari bo`yicha seminar bo`lib o`tadi. Seminar 14 noyabr kuni O`FF majlislar zalida soat 9:00da boshlanadi.

PFL matbuot xizmatining xabar berishicha, futbol qoidalarini ishlab chiquvchi va tartibga soluvchi Futbol assosiasiyalari xalqaro kengashi 2016-yilda futbol qoidalariga bir qator o`zgarishlar kiritdi. Jumladan, futbol o`yini qoidalariga erkin to`p, qo`l bilan o`yin, zaxira o`rindig`idagi o`yinchilarning xatti-harakatlari, shuningdek, o`yinchilarning agressiv harakatlarini tartibga solishga qaratilgan bir qator o`zgarishlar kiritildi.

Birinchi Liga hakamlari uchun mo`ljallangan bo`lajak seminarda aynan shu o`zgarishlar haqida ma`lumot berish maqsad qilingan. Mazkur seminarni FIFA hakamlar nazoratchisi Farhod Abdullaev, FIFA referisi Vladislav Seytlin hamda FIFA nazoratchisi Aleksandr Popov olib borishadi. Bungacha Oliy Liga hakamlari va nazoratchilari uchun aynan shunday seminar tashkil etilgan edi.

Ma`lumot o`rnida, seminarda OAV vakillari, sport jurnalistlari va futbol sharhlovchilari ham ishtirok etishlari va o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

12.10.2017, 15:30

SUG'DIYONA