Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

O`zbekiston U-22 terma jamoasi Xitoydagi turnirda ikkinchi o`rinni egalladi

Бўлимлар: Sport
Теглар: Futbol, Sport, O`zbekiston, Yoshlar
Добавлено: 14.11.2016, 11:50

Jasur Abduraimov boshchiligidagi O`zbekiston U-22 terma jamoasi Xitoyning Uxan shahrida o`tkazilgan turnirda ikkinchi o`rinni egalladi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Turnirning dastlabki o`yinida Meksikaga 0:2 hisobida mag`lub bo`lgan O`zbekiston yoshlari keyingi o`yinlarda Xitoy bilan 0:0 hisobida durang qayd etgan bo`lsa, Vetnam yoshlar terma jamoasini 3:1 hisobida mag`ulb etdi.

Meksika U-22 terma jamoasi ushbu xalqaro turnir g`olibiga aylangan bo`lsa, O`zbekiston ikkinchi, Xitoy uchinchi, Vetnam esa to`rtinchi o`rinni egalladi.

Ta`kidlash kerakki, Saidjamol Davlatjonovning Vetnam darvozasiga kiritgan goli musobaqaning eng chiroyli goli deb topildi. Davlatjonov maydon markazida to`pni qabul qilib olib, birin-ketin raqiblarni aldab o`tib, jarima maydonchasiga kirib borib, darvozani ishg`ol qilgan edi.

O`zbekiston U-22 terma jamoasi Toshkentga bugun, 14 noyabr, 19:35da etib keladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

12.10.2017, 15:30