Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

17 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi Makka shahriga jo`nab ketadi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: O`zbekiston

2016 yilning 17 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi Makka shahrida bo`lib o`tadigan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etadi.

Majlisda ko`p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan IHT yangi Bosh kotibi nomzodini ko`rib chiqish rejalashtirilgan, deya xabar beradi O`zR TIV matbuot xizmati.

O`zbekiston delegasiyasining Makka shahriga tashrifi doirasida IHT Bosh kotibiyatida hamda boshqa davlatlar delegasiyalari rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o`tkazish rejalashtirilgan. Mazkur uchrashuvlarda O`zbekistonning tashkilot TIVKdagi raisligining ustuvor maqsadlarini amalga oshirish jarayoni hamda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilinadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии