Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Turkiya prezidenti Rajab Erdo`g`on aktyor Murat Yildirimga sevgilisining qo`lini so`rashga yordam berdi(Foto)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: To`y, Turkiya
Добавлено: 15.11.2016, 14:03

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`on taniqli turk aktyori Murat Yildirimga sevgilisi marokashlik go`zallik malikasi Imane Elbanining qo`lini so`rashga yordam berdi, deb yozadi “1news.az”.

Ma`lumotlarga ko`ra, Turkiya prezidenti FaceTime  vositasida qizning otasi bilan bog`langan.  Murat Yildirim sevgilisi uchun Turkiyada unutilmas uchrashuv tashkillashtirdi. Model va aktrisa Imane Elbani qadimiy turk musiqiy cholg`u vositalari zurna va duvala sadolari ostida kutib olindi.    

To`yga tayyorgarlik ko`rayotgan juftlik Turkiya prezidentidan qizning Marokashdan yashaydigan otasi bilan gaplashishni so`radi.

Rajab Toyib Erdo`g`on Imanening otasi bilan FaceTime vositasida bog`landi va undan qizi Imanening Murat Yildirimga turmushga chiqishiga rozilik bildirishini so`radi. 

Murat Yildirim sevgilisining peshonasidan o`pib qo`ydi. Bu esa turk an`analariga ko`ra “U meniki” deganidir. 

Imane Elbani o`z yurtida go`zallik malikasi sifatida e`tirof etilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25