Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Saylov kampaniyasi boshlanganidan buyon milliy va xorijiy OAVda 11 mingdan ortiq material chop etildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: OAV, O`zbekiston, Saylov
Добавлено: 15.11.2016, 16:19

Joriy saylov jarayonini yoritish uchun Markaziy va okrug saylov komissiyalari tomonidan 1210 nafar xorijiy va milliy OAV vakillari akkreditasiyadan o`tkazildi. 

Respublika matbuot markazi hamda okrug saylov komissiyalari matbuot markazlari tomonidan saylov kampaniyasining muhim bosqichlariga bag`ishlangan 92 ta matbuot anjumani va brifing o`tkazildi. 

Saylov kampaniyasi boshlanganidan e`tiboran milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida bugungi kunga qadar 11 mingdan ziyod syujet va reportajlar, shu jumladan, matbuotda 4600 dan ziyod maqola, tele- va radiokanallar orqali 4600 ga yaqin, internet nashrlarida esa 2200 dan ortiq xabar va tahliliy materiallar uzatildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes