Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Xastaliklardan himoyalovchi 10 mahsulot

Бўлимлар: Salomatlik
Теглар: Salomatlik
Добавлено: 15.11.2016, 16:34

1.  Sarimsoqpiyoz. Immun tizimini mustahkamlab, viruslarga qarshi kurashuvchanlik qobiliyatini oshiradi. Shamollashdan davolanish va profilaktika davrida kuniga 1 bo`lak sarimsoqpiyozdan iste`mol qilish tavsiya etiladi. Stomatit bo`lganda, sarimsoqpiyozni chaynab eyish foyda beradi.

2.  Qizil bulg`or qalampiri. Uning tarkibidagi S vitamini har qaysi sitrus mevasinikiga qaraganda ko`proq bo`ladi. Shuning uchun ham immunitetga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. 

3.  Brokolli. A, S hamda E vitaminlariga boy mahsulot. Teri va ko`z xastaliklariga qarshi “mazali” vosita. 

4.  Na`matak.  S vitamining asosiy manbai sanalgani bois, turli yallig`lanish va infeksion kasalliklarni davolash vaqtida bu mevani damlab ichish yaxshi foyda beradi. 

5.  Klyukva. A, V, S hamda K vitaminlarning haqiqiy ma`nodagi koni. Ta`mi nordon bo`lsa-da, undan sharbat qilib ichilsa, tomoq, burun va quloqdagi og`riqlarni tezda bartaraf etadi. 

6.  Asal. Terlatish xususiyatiga ega bo`lgani tufayli organizmning kurashuvchanlik qobiliyatini kuchaytiradi. 

7.  Sabzi. Bu sabzavotning tarkibida A vitamini bisyor. Taomnoda bu mahsulotning ko`pligi oqibatida, organizm shamollash va infeksion xastaliklarga bo`yin egmaydi.

8.  Yogurt va qatiq. Organizmning mikroflorasini yaxshilaydi. Ovqat hazm bo`lish jarayoniga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. 

9.  Suv. Moddalar almashinuvini tezlashtiradi. Organizmning turli xastaliklarga nisbatan kurashuvchanlik qobiliyatini oshiradi. 

10.  Baliq va dengiz mahsulotlari. Tarkibida rux moddasi bisyor. Bu esa shamollashning ilk alomatlarini bartaraf etishga ko`mak beradi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25