Xastaliklardan himoyalovchi 10 mahsulot

Бўлимлар: Salomatlik
Теглар: Mahsulot, Salomatlik
Добавлено: 17.11.2016, 11:59
  1. Sarimsoqpiyoz. Immun tizimini mustahkamlab, viruslarga qarshi kurashuvchanlik qobiliyatini oshiradi. Shamollashdan davolanish va profilaktika davrida kuniga 1 bo`lak sarimcoqpiyozdan iste`mol qilish tavsiya etiladi. Stomatit bo`lganda, sarimsoqpiyozni chaynab eyish foyda beradi.
  2. Qizil bulg`or qalampiri. Uning tarkibidagi S vitamini har qaysi sitrus mevasinikiga qaraganda ko`proq bo`ladi. Shuning uchun ham immunitetga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
  3. Brokolli. A, S hamda E vitaminlariga boy mahsulot. Teri va ko`z xastaliklariga qarshi “mazali” vosita.
  4. Na`matak.  S vitamining asosiy manbai sanalgani bois, turli yallig`lanish va infeksion kasalliklarni davolash vaqtida bu mevani damlab ichish yaxshi foyda beradi.
  5. Klyukva. A, V, S hamda K vitaminlarning haqiqiy ma`nodagi koni. Ta`mi nordon bo`lsa-da, undan sharbat qilib ichilsa, tomoq, burun va quloqdagi og`riqlarni tezda bartaraf etadi.
  6. Asal. Terlatish xususiyatiga ega bo`lgani tufayli organizmning kurashuvchanlik qobiliyatini kuchaytiradi.
  7. Sabzi. Bu sabzavotning tarkibida A vitamini bisyor. Taomnoda bu mahsulotning ko`pligi oqibatida, organizm shamollash va infeksion xastaliklarga bo`yin egmaydi.
  8. Yogurt va qatiq. Organizmning mikroflorasini yaxshilaydi. Ovqat hazm bo`lish jarayoniga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
  9. Suv. Moddalar almashinuvini tezlashtiradi. Organizmning turli xastaliklarga nisbatan kurashuvchanlik qobiliyatini oshiradi.
  10.  Baliq va dengiz mahsulotlari. Tarkibida rux moddasi bisyor. Bu esa shamollashning ilk alomatlarini bartaraf etishga ko`mak beradi. 
Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии