Singapurlik qizchaning hurpaygan sochi uni ijtimoiy tarmoqlarda mashhur qildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Qiz
Добавлено: 18.11.2016, 12:07

Singapurda yashovchi qizcha o`zining uzun sochi bilan ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari orasida mashhur bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Bir yosh-u, to`qqiz oylik Xizerning onasi, 33 yoshli Nina Serna (Nina Serna)ning aytishicha, qizcha tug`ilgandayoq, uning sochi 15 santimetr bo`lgan ekan. Hozirda u qizi bilan ko`chaga aylanishga chiqqanda, yo`lovchilar uni to`xtatib, sochi hurpaygan qizi bilan suratga tushishga ruxsat so`rar ekan.  

Aksariyat odamlar qizchaga parik kiygizilgan, deb hisoblaydi. Onasi uni cho`miltirgandan keyin, sochiga shakl berish uchun albatta, soch qurituvchi fendan foydalanadi. 

Avvalroq, 2 oylik Junior ismli bolakayning noodatiy sochlari tufayli mashhurlikka erishgani haqida xabar bergan edik.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии