70 metr balandlikdan sakrab pecheneni choyga botirgan britaniyalik Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi(Video)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Video, YouTube
Добавлено: 18.11.2016, 12:17

24 yoshli britaniyalik Saymon Berri g`ayrioddiy tryukni amalga oshirdi. U tros yordamida 70 metr balandlikdan aniqlik bilan sakrab, pastda turgan choyga pecheneni botirishga muvaffaq bo`ldi.

Sheffild shahrida yashovchi ekstremallar ishqibozi shu kungacha maksimal darajadagi balandlikdan aniq sakragan inson sifatida e`tirof etilmoqda. 

Berrining so`zlariga ko`ra, 70 metrdan sakrab, pecheeni choyga botirish unga oson bo`lmagan. Mazkur murakkab harakatni amalga oshirish uchun u uzoq vaqt tayyorgarlik ko`rgan. Tomoshabinlarning olqishlari rekordchiga kuch bag`ishladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии