O`zbekiston Milliy paralimpiya assosiasiyasida Xalqaro musobaqlarga munosib tayyorgarlik ko`rilmoqda

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Sport, O`zbekiston
Добавлено: 19.11.2016, 10:42

O`zbekiston Milliy paralimpiya assosiasiyasi Xalqaro musobaqlarga, jumladan, 2018 yilda Indoneyziyaning Jakarta shahrida bo`lib o`tadigan yozgi ParaOsiyo O`yinlariga munosib tayyorgarlik ko`rish hamda viloyatlarda seleksiya qilingan sportchilarni saralash maqsadida joriy yilning 17-18 noyabr kunlari Toshkent shaxrida O`zbekiston Paralimpiya O`yinlarini o`tkazdi.

O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Toshkent shahridagi Paralimpiya markazida Respublikamizning barcha viloyatlari paralimpiya sportchilari o`rtasida dzyudo sport turi bo`yicha musobaqada 100ga yaqin paralimpiyachilar (-60, -66, -73, -81, -90, -100, +100 vazn toifasida o`g`il bolalar -48, -52, -56, -63, -70, +78 vazn toifasida qiz bolalar) sovrinli o`rinlar uchun kuch sinashdilar.

Toshkent shahridagi Olimpiya zaxiralari kolledjida Respublikamizning barcha viloyatlari paralimpiya sportchilari o`rtasida engil atletikaning yugurish (60m, 400m, 800m), uzunlikga sakrash, yadro va nayza otish bo`yicha bo`lib o`tgan musobaqada 60ta paralimpiyachilar sovrinli o`rinlar uchun kuch sinashdilar.

Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan suv sportini rivojlantirish Respublika markazida Respublikamizning barcha viloyatlari paralimpiya sportchilari o`rtasida suzishning batterflyay, chalqancha, erkin va brass suzish turlari bo`yicha bo`lib o`tgan musobaqada 20dan ortiq paralimpiyachilar sovrinli o`rinlar uchun kuch sinashdilar.

Tadbir so`ngida assosiasiya tomonidan g`oliblar estalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии