Vladimir Putin Barak Obamani Rossiyaga taklif qildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Vladimir Putin
Добавлено: 21.11.2016, 10:41

Limadagi sammit yakuni natijasida jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQShning sobiq Prezidenti Barak Obamaga bir necha yillik hamkorlik uchun minatdorchilik bildirib, uni Rossiyaga taklif etganini ma`lum qildi.

“O`rtamizdagi munosabatlar oson kechmagan bo`lsada, men ham Obama ham bir-birimizning faoliyatimizga hurmat bilan qaraganmiz, — deya sharhladi Davlat rahbarining so`zlarini TASS. — Men shu o`tgan yillar uchun unga minatdorchilik bildirdim, hamda istalgan vaqtda agar lozim topsa uni Rossiyada kutishdan mamnun bo`lishimizni aytdim”.

Avvalroq Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov RF va AQSh prezidentlari forumning ishchi kengashi doirasida qisqa suxbat olib borishgani haqida ma`lum qilgan edi.

AQSh Prezidenti Barak Obama uchun Limadagi sammit — Amerika rahbari sifatida o`tkazgan ohirgisidir: 2017 yilning yanvaridan ushbu postni Donald Tramp egallaydi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27