Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Zebo Navro`zova Asal Shodieva ijodini davom ettirishi uchun Shohruhxonni ko`ndirmoqda

Бўлимлар: Shou-biznes
Добавлено: 21.11.2016, 15:50

Rejissyor Zebo Navro`zova kelini, aktrisa Asal Shodieva bilan birga “Darakchi”ga intervyu berdi. Intervyu davomida Asal Shodieva turmush o`rtog`i Shohruhxonning o`z ijodiga munosabati haqida aytib o`tdi. 

“Bilasizmi, to`ydan keyin ijod qilishimga rozi bo`lmadilar. Oila qurgandan keyin kelin uy ishlari, oila bilan band bo`lishi kerak dedilar. Biroq Zebo opa mening yonimni olib, ishlashimga ruxsat olib beryaptilar. Shohrux aka hali aniq qaror aytmadilaru, biroq, oyijonimiz ko`maklarida fotosessiya, kichikroq  loyihalarda ishtirok etib kelyapmiz. (Zebo opaga yuzlanib) Buning uchun sizga rahmat” — deydi Asal Shodieva. 

Zebo Navro`zovaning ma`lum qilishicha, Asalni rolga taklif qilgan har bir rejissyor birinchi o`rinda u va Shohruhxonning oldidan o`tadi. Ssenariylarni ham birinchi Zebo Navro`zova va Shohruhxon o`qib ko`radi. 

“Bu Asalga ishonmaymiz degani emas. Kelinim ham rollarni chertib- chertib tanlashiga ishonaman”,—deydi Zebo Navro`zova.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jamiyat

Mutolaa

24.11.2017, 17:26

SUG'DIYONA