Milliarder qizini turmushga chiqishga ko`ndirgan yigitga 180 million dollar to`lashga va`da berdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: To`y, Qiz
Добавлено: 21.11.2016, 15:58

Sesil Chao ismli gonkonlik milliarder qizi Jidjini turmushga chiqishga ko`ndira olgan yigitga $ 180 million dollar miqdorida pul to`lashga va`da berdi, deb xabar qildi “Udiwis.ru”  nashri.

Milliarderning bunday qarorga kelishiga, qizi bo`y etganiga qaramay, turmushga chiqishni istamasligi va dugonasi bilan birga yashayotganligi sabab bo`lgan.

Avvaliga “Cheuk Nang Holdings Ltd.” korporasiyasi egasi bo`lgan Sesil Chao qizining sepi uchun $ 40 million dollar berishni rejalashtirgan edi, ammo 20 000 dan ortiq kuyovlikka nomzodlarning talabini inobatga olib, u sep miqdorini oshirishga majbur bo`ldi.

Ilgari Jidji hech qanday pul uni fikridan qaytishga majbur qilolmasligini bildirgan edi. Ammo milliarder otasi hamon qizining turmushga chiqishidan va uning ishini davom ettiradigan nevaralar hadya etishidan umidvordir.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии