Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

“Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari Malayziyadagi xalqaro turnir g`olibiga aylandi

Бўлимлар: Sport
Теглар: Sport
Добавлено: 21.11.2016, 22:28

“Lokomotiv” jamoasining 12—14 yoshgacha bo`lgan tarbiyalanuvchilari Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida o`tkazilayotgan xalqaro “1-ST AFZA GRASS ROOT LEAGUE” musobaqasida ishtirok etdi

Kuala Lumpurda o`tayotgan musobaqaning guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan tarbiyalanuvchilarimiz hal qiluvchi o`yinlarda ham ajoyib natija qayd etishdi. Musobaqa reglamentiga ko`ra, guruhdan muvaffaqiyatli chiqqan 4 ta jamoa o`zaro o`yinlar o`tkazdi va shu o`yinlar natijasiga ko`ra, musobaqa g`olibi nomiga oydinlik kiritildi. Unga ko`ra, hal qiluvchi bahslarda bir xil 2:1, 1:2 hamda 2:0 natijalarini qayd etgan “Lokomotiv U-12” hamda “Bukit Jalil U-12” jamoalari turnir chempioniga aylanishdi.

“1-ST AFZA GRASS ROOT LEAGUE” musobaqasi g`olibiga aylangan ikki jamoa o`rtasida ertaga o`rtoqlik maqomida o`yin o`tkazish taklif qilindi. Mazkur bellashuv Malayziya terma jamoasi uy o`yinlarini o`tkazadigan Milliy stadion maydonlaridan birida tashkil etiladi.

Qolaversa, ertaga “Lokomotiv” jamoasi tarbiyalanuvchilari Osiyo Futbol Konfederasiyasi bosh qarorgohiga tashrif buyurishadi va OFK muzeyini tomosha qilish imkoniga ega bo`lishadi. So`ng Malayziya Futbol Federasiyasi binosiga ham tashrif buyurish mo`ljallangan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA