Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Shotlandiyalik fuqaro 18 million dollar yutib olganidan so`ng ham santexnik bo`lib ishlashda davom etdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 22.11.2016, 16:10

Shotlandiyaning Eldersli shtatida yashovchi 52 yoshli santexnik Jon Doerti lotereyadan 14 million funt(qariyb 18 million dollar) yutib oldi, biroq u o`z ishini davom ettirishini ma`lum qildi, deb yozadi “Vesti”. 

Bundan tashqari, u o`z toifasini oshirish uchun kasbi bo`yicha kurslarga yozilgan. Jon gaz inspektori bo`lishni ham rejalashtirilgan. 

Doertining mijozlari u 18 million dollar yutib olganidan so`ng ham uyma-uy yurib, hojatxonalarni ta`mirlab, axlatlarni tozalayotganidan hayratga tushdi. Er-xotin Doertilar rekord darajadagi summani yutib olganlaridan so`ng ham hayot tarzini umuman o`zgartirmadi. 

Jonning aytishicha, u o`z ishini sevadi, shuning uchun hech qachon kasbini o`zgartirmaydi. 

“Men katta miqdordagi pul yutib olganimdan keyin ham umuman o`zgarganim yo`q, ishdan bo`shashni esa xayolimga ham keltirmayapman. Menga hamma yutib olgan pulimni olib, issiq mamlakatlardan biriga borib, dam olishimni maslahat beryapti. Biroq bunday hayot tarzi menga emas. men o`z ishimni sevaman va umrimning oxirigacha unga sodiq qolaman”,—deydi Doerti.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25