Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Shahzoda Matchonova to`yi, bo`lg`usi turmush o`rtog`i va tanlagan kelinlik libosi haqida so`zlab berdi

Бўлимлар: Shou-biznes
Добавлено: 22.11.2016, 16:15

Aktrisa Shahzoda Matchonova jurnalist Baxtiyor To`raxonov bilan “19:09” ko`rsatuvida suxbatda bo`ldi. Suxbat davomida Shahzoda bo`lajak to`yi, turmush yo`lini bog`lash uchun tanlagan insoni hamda baxt ko`ylagi haqidagi savollarga javob qaytardi.   

“Turmush qurish qaroriga kecha yoki bugun kelganim yo`q. Men bu haqda ancha vaqt o`yladim va o`zimni bunga tayyor his qilganimdagina ushbu jiddiy qarorni qabul qildim. Turmush o`rtog`imni faqatgina oila a`zolarim va yaqinlarim taniydi. Uning shou-biznesga, mening ishimga aloqador joyi yo`q, u san`atning boshqa turi bilan shug`ullanuvchi oddiy inson. Tanlagan libosimga kelsak, avvallari bu haqda o`ylaganimda, minimalizmni, ya`ni ko`ylagimning bejirim bo`lishini istagan edim, tanlovga kelganda esa aksi bo`ldi. Men o`z didimga mos bo`lmagan libosda tanlovimni to`xtatdim. Ya`ni hashamdor libosni tanladim, u toshlar va boshqa bezaklar bilan bezatilgan. Aslida gap ko`ylakda ham emas, asosiysi insonning yuzida baxt bo`lsin! Har qanday kelin baxt oqshomida go`zal bo`ladi”, deydi Shahzoda.

Shahzoda Matchonovaning visol oqshomi 2016 yilning 25 noyabr kuni poytaxtimizning muhtasham restoranlaridan birida bo`lib o`tadi.

Darvoqe, tez kunda Shahzoda Matchonova ishtirokidagi Yolqin To`ychievning “Ma`suma” filmi premerasi bo`lib o`tishi ham rejalashtirilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes