Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Asal oyidan qaytgan Farhod Alimov farzandlari bilan ko`rishdi

Бўлимлар: Shou-biznes

Rayhon va Farhod Alimovlar 5 noyabr kuni poytaxtdagi “Atlanta” restoranida nikohlari munosabati bilan osh berib, 13 noyabr kuni asal oyini o`tkazish uchun Dubay shahriga jo`nab ketgani haqida avvalroq xabar bergandik.

Bir necha kun avval Dubaydan qaytgan Farhod Alimov farzandlarini sog`inib, ularning huzuriga oshiqdi, deya xabar beradi Protoday nashri. 

Farhod Alimov farzandlari bilan tushgan suratni Instagramdagi sahifasiga joylab, ularni juda sog`ingani hamda Toshkent bo`ylab sayr qilishganini aytib, xeshteglar qoldirgan.

Farhod Dubayda tushgan suratlari ostiga ham farzandlarini sog`inganligi haqida xeshteglar qo`ygan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии