Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Xatamjon Ketmonovning ishonchli vakili Kosonsoy tumani saylovchilari bilan uchrashdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: O`zbekiston, Saylov

O`zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonovning Namangan viloyatidagi ishonchli vakili Dilorom Abduraximova Kosonsoy tumani saylovchilari bilan uchrashdi.

Kosonsoy tumanidagi 4-sonli Bolalar musiqa va san`at maktabi majlislar zalida bo`lib o`tgan uchrashuvda BPT raislari, «Istiqbol», «Faol ayollar» qanotlari faollari, targ`ibotchilar guruhi a`zolari, partiya xodimlari, mahalliy kengash deputatlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Ishonchli vakil yig`ilganlarni O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning tarjimai holi hamda uning Saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.

Saylovoldi dasturi bo`yicha saylovchilar o`z fikr-mulohazalarini ishtirokchilar bilan o`rtoqlashdilar.

Shundan so`ng, saylovchilar nomzodning Saylovoldi dasturidan kelib chiqib, o`zlarini qiziqtirgan savollariga ishonchli vakildan tegishlicha javob oldilar.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии