Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Markaziy bank raisi virtual qabulxona ochdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Bank

Markaziy bank rasmiy veb saytida Markaziy bank raisining virtual qabulxonasi ish boshladi. Qabulxona orqali jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini uzluksiz qabul qilish joriy etildi.

Bundan tashqari, ariza, taklif va shikoyatlar Markaziy bankda tashkil etilgan ishonch telefoni (0 800) 200-00-44 (Respublikaning barcha hududlaridan qo`ng`iroqlar bepul) orqali ham qabul qilinadi.

Markaziy bankning ishonch telefoniga kelib tushgan murojaatlar og`zaki murojaatlar sifatida ko`rib chiqiladi va natijasi bo`yicha muallifga ma`lum qilinadi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi, Rais o`rinbosarlari, departamentlar va mustaqil boshqarmalar boshliqlari tomonidan har kuni soat 8:00 - 11:00 gacha jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi. Qabul masalasida (0 371) 212-62-05 telefoni orqali murojaat qilinishi mumkin.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии