Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Buxoro viloyatida turizm sohasi rivojlanmoqda

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 25.11.2016, 10:41

2016 yilning 9 oylik natijalariga ko`ra, mehmonhonalar va sayyohlarni joylashtirish bo`yicha yangi mehmonxonalar qurish, mavjudlarini qayta ta`mirlash bo`yicha dasturga kiritilgan 6 ta ob`ekt o`z faoliyatini yo`lga qo`ydi, deb xabar beradi “O`zbekturizm” MK matbuot xizmati. 

Jumladan, Buxoro shaxrining Poyi Ostona ko`chasi 4-uyda joylashgan “Xurjun” madrasasi to`liq ta`mirlanib mazkur ob`ektda 20 o`ringa mo`ljallangan mehmonxona, Mustaqillik ko`chasi yoqasida 36 o`rinli zamonaviy mehmonxona, Olot tumani Chandir QFY hududida 80 o`ringa mo`ljallangan zamonaviy mehmonxonalar qurilib foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, “Siyavush-F” XKga qarashli “Siyavush” mehmonxonasida qo`shimcha 20 o`rin, “Chor Minor Grand” MChJ ga qarashli “Rangrez” mehmonxonasida qo`shimcha 40 o`rin, Zargaron Lyuks” MChJ ga qarashli “Zargaron Plaza” mehmonxonasida qo`shimcha 80 o`rin qurib foydalanishga topshirildi.

“Kabutar-Omad” MChJ ga qarashli “Sharq” mexmonxonasi qo`shimcha 40 o`rin va “Kavsar Bukhara” MChJga qarashli “Sultan” mehmonxonasi qo`shimcha 30 o`rinli zamonaviy mehmonxona binosining qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, yil yakuniga qadar Buxoro shahrining Xamza ko`chasi yoqasida 20 o`rinli zamonaviy mehmonxona qurib foydalanishga topshirish kutilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25