Joan Rouling 7 yoshli suriyalik qizchaga Garri Potter haqidagi kitobini sovg`a qildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Film, Kitob
Добавлено: 25.11.2016, 10:48

Britaniyalik yozuvchi, “Garri Potter” kitoblari muallifi Suriyaning Aleppo shahrida yashovchi 7 yoshli qizchaga yosh sehrgar haqidagi kitoblarning elektron talqinini jo`natdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.

Qizchaning onasi Garri Potter muallifi bilan Twitter orqali bog`lanib, ular yashaydigan shaharda mashhur ertak kitobni topib bo`lmasligini ma`lum qildi. 

“Mening qizim Garri Potter haqidagi kitoblarni o`qishni istaydi, biroq bizda ularni sotib olishning imkoni yo`q”,—deb yozdi Bana Fotima Alabedning onasi Joan Roulingga.

Taniqli yozuvchi Aleppo shahrida yashovchi ayol bilan muloqotda unga kitob jo`natishga va`da bergandi.

Oradan biroz vaqt o`tgach Roulingning agenti Nil Bler ayol bilan aloqaga chiqdi va qizchaning elektron kitoblar o`qish imkoniya mavjudligi yoki yo`qligini so`radi.  

Natijada 7 yoshli qizcha Roulingning bir necha kitobining elektron talqinini qo`lga kiritdi.

Joan Rouliningning Garri Potter haqidagi 7 kitobi 1997-2007 yillarda 400 million nusxada chop etilgan. Britaniyalik yozuvchining mashhur asari 65 ta tilga tarjima qilingan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08