Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Toto Kutuno zarbof to`nda “Yalla” guruhining ashulasini kuyladi (Video)

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Konsert

Joriy yilning 28 oktyabridan 3 dekabrigacha Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi va barcha viloyatlarda «Oltin kuz» xalqaro san`at festivali bo`lib o`tayotgani haqida xabar bergandik.

Mazkur festival doirasida «O`zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida O`zbekiston milliy simfonik orkestri bilan hamkorlikda italiyalik afsonaviy xonanda Toto Kutunoning konserti bo`lib o`tdi.

Kechaga tashrif buyurganlar 80-yillarning muhitiga tushib, o`sha davrlarning eng mashhur xitlarini tinglashga muvaffaq bo`lishdi.

Konsert davomida Toto Kutunoga o`zbek choponi sovg`a qilindi, italiyalik san`atkor tomonidan «Yalla» guruhining «Chayxana» ashulasi kuylangani yig`ilganlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.

Konsert san`at muxlislariga unutilmas lahzalarni hadya etdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии