Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Parlament quyi palatasining yangi veb-sayti ishga tushdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 25.11.2016, 16:30

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida "Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati ochiqligini ta`minlash jarayonlarining huquqiy asoslari" mavzuida davra suhbati o`tkazildi. Tadbir doirasida parlament quyi palatasining yangilangan rasmiy veb-sayti  (www.parliament.gov.uz)ning taqdimoti bo`lib o`tdi.

Bugungi kunda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining 114  veb-sayti mavjud bo`lib, ularning 50 foizi ingliz tilidagi shakliga ega.

Quyi palataning rasmiy veb-sayti foydalanuvchilarni mamlakatimiz oliy qonunchilik organlari faoliyatining ko`plab yo`nalishlari to`g`risida xabardor qilib borish bilan bir qatorda parlamentning jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.

Davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining zamonaviy texnologik platformada yaratilgan, o`zbek, rus va ingliz tillaridagi shakllarga ega veb-saytining o`ziga xos vazifa va xususiyatlari, keng imkoniyatlari haqida so`z yuritildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

12.10.2017, 15:30

SUG'DIYONA