Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

O`zbekistonlik hakamlar OFKning elit seminarida ishtirok etishmoqda

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol, Sport, O`zbekiston

Kelasi mavsumda OFK hamda FIFA tasarrufiga kiruvchi o`yinlarni boshqarish uchun O`zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan tavsiya etilgan o`zbekistonlik hakamlar OFKning elit seminariga taklif olishdi.

BAAning Dubay shahrida tashkil etilgan ushbu seminarda o`zbekistonlik hakamlar va laynsmenlar uchun yangi o`quv kurslari tashkil etiladi. Shuningdek, hakamlar mazkur seminarda nazariy hamda amaliy imtihonlardan tashqari fitnes-testlardan o`tishlari talab etiladi. Ta`kidlash joiz, mazkur fitnes-testlardan muvaffaqiyatli o`tgan hakamlargina xalqaro o`yinlarni boshqarish uchun tayinlanishlari mumkin.

Ta`kidlash lozim, mazkur seminarda hakamlarga OFK hakamlikni rivojlantirish bo`limi boshlig`i o`zbekistonlik Karine Muradyan yo`riqchilik qilmoqda.

OFK elit seminarida ishtirok etayotgan o`zbekistonlik hakamlar va laynsmenlar ro`yxati:

FIFA referilari: Ravshan Ermatov, Valentin Kolvalenko, Sherzod Qosimov, Ilgiz Tantashev, Aziz Asimov. 

FIFA laynsmenlari: Jahongir Saidov, Abduhamidillo Rasulov, Ma`mur Saidqosimov, Ruslan Serazetdinov, Andrey Sapenko, Alisher Usmonov, Xusniddin Shodmonov.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии