Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Toshkent hayvonot bog`ida o`yinchoqlar sotish taqiqlandi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Toshkent
Добавлено: 28.11.2016, 12:16

Toshkent hayvonot bog`i ma`muriyati bog` hududida polietilen qadoq va bir martalik polietilen idishdagi eguliklar hamda o`yinchoqlar sotishni taqiqladi. Bu haqda hayvonot bog`i saytida xabar qilindi.

Mazkur qaror ko`p sonli baxtsiz hodisalar, jumladan, hayvonot bog`idagi jonivorlarning o`limidan so`ng qabul qilindi. 

Hayvonot bog`ida so`nggi bor Nil timsohi nobud bo`ldi. Uning oshqozonidan o`yinchoqlar topildi.

Tashrif buyuruvchilarga murojaat qilgan hayvonot bog`i ma`muriyati ulardan jonivorlarning oziqlanishi borasida tashvishlanmaslikni so`radi: “Bizning jonivorlar barcha zarur miqdordagi emish, ozuqa, vitamin va mineral qo`shimchalar bilan ta`minlangan bo`lib, har bir tur, ayrim hollarda alohida hayvon uchun xalqaro rasion bo`yicha ishlab chiqilgan parhez qo`llaniladi”.

“Biz odamlarning g`amxo`rlik ko`rsatayotganidan mamnunmiz. Lekin ayrim oziq-ovqat mahsulotlari, masalan, konfet, chips, „kirieshki“, popkorn, shirin kulchalar, yangi non va boshqalarni jonivorlarga berish mutlaqo taqiqlanadi”, — deyiladi xabarda. .

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

15.12.2017, 10:50
15.12.2017, 10:35

SUG'DIYONA

16.12.2017, 12:09
16.12.2017, 12:08