Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

«PressClub: Elections.uz-2016»: XALQARO KUZATUVChILAR YuRTIMIZDAGI SIYoSIY JARAYoNGA QANDAY MUNOSABATDA BO`LIShADI?

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: OAV, O`zbekiston, Saylov
Добавлено: 28.11.2016, 17:23

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish  jarayonining borishi to`g`risida xolis kontentni shakllantirish, xalqaro kuzatuvchi  va  ekspertlarni, shuningdek media-hamjamiyati vakillarini respublikamiz erishgan yutuqlar bilan tanishtirish maqsadidda tashkil etilgan «PressClub: Elections.uz-2016» press-klubida qizg`in tayyorgarlik ketyapti.

Joriy yil 4 dekbrda yurtimizda bo`lib o`tadigan muhim siyosiy jarayonni yoritishda xolislik, oshkoralik va tezkorlikni ta`minlashni maqsad qilgan «PressClub: Elections.uz-2016» press-klubi o`z multimedia maydonida xorijiy va milliy mediasoha vakillarini birlashtirishi ko`zda tutilgan. Shuningdek, «PressClub: Elections.uz-2016» press-klubning xalqaro kuzatuvchilar  ishtirokida brifinglar, matbuot anjumanlari va turkum tematik tadbirlar  tashkil etishni  ko`zda tutuvchi kundalik dastur-jadval ishlab chiqildi. Kundalik dastur-jadvalda belgilangan brifinglarda esa

«Mamlakatning siyosiy modernizasiyasi, Davomi bor», «Milliy qonunchilikka xalqaro huquqlar me`yorlarini implementasiya qilish, xalqaro  xamkorlik jihatlari», «Real bellashuv, sog`lom  siyosiy raqobat va elektorat bilan ishlashga  yangicha yondashuvlar», «OAV va saylovlar: feedbackni ta`minlash» kabi  turli mavzular muhokama qilinadi. Press-klub ishi  doirasida taniqli  xorijiy  kuzatuvchilar va xalqaro  tashkilotlar vakillari bilan intervyular  tashkil etish ham  rejalashtirilgan. Mazkur intervyular orqali yurtimizda bo`lib o`tadigan muhim siyosiy jarayonga taniqli  xorijiy  kuzatuvchilar va xalqaro  tashkilotlar vakillari qanday baho berishini bilish imkoniyati tug`iladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes