Saudiyada Arabistonida qor yog`di(Video)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Video, YouTube
Добавлено: 29.11.2016, 14:27

Saudiya Arabistonining sharqiy va markaziy qismida havo harorati keskin pasaydi va qor yog`di. 

Al Arabia  telekanalining ma`lum qilishicha, Saudiya Arabistonida kam uchraydigan mazkur hodisa Shakra va Tabuk shaharlarida kuzatilmoqda.  Shuningdek yana bir qator shaharlarda havo harorati minus 3 gacha tushib ketgan. 

Hafta oxiriga qadar Saudiya Arabistonining g`arbiy, sharqiy va markaziy hududlarida kuchli yog`ingarchilik bo`lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan mahalliy huquq-tartibot organlari xodimlari haydovchilardan yo`llarda ehtiyotkorlik bilan harakatlanishni so`ragan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии