Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Angliya Liga Kubogi. "Xall Siti" penaltilar seriyasida "Nyukasl"ni taslim qildi

Бўлимлар: Sport
Теглар: Futbol, Sport
Добавлено: 30.11.2016, 10:39

Angliya Liga Kubogi musobaqasining chorak finalida "Xall Siti" jamoasi "Nyukasl" futbolchilariga qarshi bahs olib bordi. 

Qizg`in kurashlarga boy kechgan o`yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmagach, qo`shimcha taymlar o`ynaldi. 

98-daqiqaga kelib Diame hisobni ochib, "Nyukasl"ni oldinga olib chiqdi. Ammo "qarg`alar"ning quvonchi uzoqqa cho`zilmadi. 1 daqiqadan keyin Snodgrass muvozanatni tikladi. 

Qo`shimcha taymda ham g`olib nomi aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida esa "Xall Siti" kuchliroq bo`lib chiqdi. 

"Xall Siti" – "Nyukasl" 1:1

Penaltilar seriyasi - 3:1

Gollar:  0:1 – 98 Diame, 1:1 – 99 Snodgrass. 

"Xall Siti" – Yakupovich, Douson, Maguayr, Robertson (Taymon, 79), Xaddlstoun, Al-Muxammadi (Uir, 79), Meyler, Livermor (Xenriksen, 79), Snodgrass, Diomande, Mbokani.

"Nyukasl" – Zels, Klark, Lassels, Lazaar, Xeyden (Merfi, 105), Ritchi (Atsu, 81), Anita (Yedlin, 109), Diame, Shelvi, Guffran, Geyl.

Ogohlantirishlar:  Snodgrass (45), Xeyden (63), Guffran (67), Robertson (77), Xaddlstoun (89), Lassels (89).

Chetlatish:  Mbokani (89).

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA