Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Barak Obama to`yib uxlashni rejalashtirganini ma`lum qildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Barak Obama
Добавлено: 30.11.2016, 14:13

AQShning 44 chi prezidenti Barak Obama kelajakdagi rejalari haqida Rolling Stone jurnali bilan o`rtoqlashdi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.

Obama o`z intervyusida rafiqasi Mishel iqtidorli ayol bo`lishiga qaramay, hech qachon prezidentlikka o`z nomzodini qo`ymasligini ham ma`lum qildi.

Barak Obama Oq uydan ketgandan keyin bir necha hafta to`yib uxlashni, rafiqasi bilan dam olishga borishni va keyin kitob yozishni rejalashtirganligini aytib o`tdi.

“Men ham, Mishel ham bir joyda to`xtab qolmay, faol  harakatda bo`lamiz. Ammo birga ishlagan guruhimdagilarni juda sog`inaman. Saylovda Donald Trampning g`alaba qozonganidan hafsalam pir bo`ldi. Menimcha, AQSh prezidentligiga Xillari Klinton juda ham mos nomzod edi”, dedi u.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

12.10.2017, 15:30