Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Rossiya markaziy saylov komissiyasi a`zosi «PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016 press-klubi haqida fikr bildirdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: O`zbekiston, Saylov
Добавлено: 01.12.2016, 12:35

30 noyabr kuni O`zbekistonda ilk marotaba saylovni yoritish uchun tashkil etilgan  «PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016 press-klubi poytaxtdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida o`z ishini davom ettirmoqda.  

Rossiya federasiyasi markaziy saylov komissiyasi a`zosi Nikolay Levechev tashkil etilgan press-klub haqidagi fikrlarini quyidagicha bayon qildi: 

—  O`zbekiston Respublikasi prezidentlik saylovlarini yoritish jarayonlari — axborot berish, tarqatish va olishdagi o`zgarishlar mana shu tashkil etilgan press-klub misolida ham yaqqol namoyon bo`lmoqda. O`zbekistonda so`nggi yuz berayotgan o`zgarishlar, ayniqsa saylovoldi tadbirlarini yoritishdagi o`zbekiston tajribasi e`tiborga molik. Alohida qayd etib o`tish kerakki, mamlakatingizning barcha sohalarida bo`layotgan o`zgarishlar yaqin kelajakda jamiyatning ijobiy tomonga jiddiy transformasiyasidan darak beradi. Saylovlarda ovoz berish masalasiga kelsak, demokratiyaning asosiy prinsiplari, saylov qonuniyligini ta`minlovchi tamoyillar demokratik jamiyatlar uchun umumiy bo`lsada, sharqona tarbiya, oiladagi muhit kabilar erkin ovoz berishga monelik qilishi mumkin. Lekin O`zbekiston misolida aholi dunyoqarashining kengayib borishidek muhim bir o`zgarishni nazardan qochirmaslik lozim.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes