Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Yilning eng faol yosh jurnalistlari aniqlandi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: OAV
Добавлено: 01.12.2016, 13:41

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Yilning eng faol yosh jurnalisti” ko`rik-tanlovi g`oliblarini taqdirlash marosimiga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi, deb xabar beradi O`zA. 

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O`zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, soha xodimlarini qo`llab-quvvatlash, ularning mehnatini rag`batlantirish va yosh jurnalist kadrlarni tayyorlashga qaratilayotgan alohida e`tibor yuksak samaralar berayotgani ta`kidlandi. 

Joriy yilda tanlovga 30 yoshgacha bo`lgan 500 nafardan ortiq jurnalist matbuot, radio, televidenie, internet va fotojurnalistika yo`nalishlarida 4 mingga yaqin ijodiy ishini taqdim etdi. 

Ijodiy ishlar mavzuning dolzarbligi, yoritish mahorati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatini ochib berish kabi mezonlar asosida baholandi. Har bir nominasiya bo`yicha uchtadan g`olib – eng namunali maqola, radioeshittirish, teleko`rsatuv, fotosurat va internet materiallari mualliflarining nomi e`lon qilindi. Bundan tashqari, «Yil yangiligi», «Yilning eng faol yosh telemuxbiri», «Yilning eng faol matbuot xizmati xodimi», «Yilning eng yaxshi bloggeri» kabi nominasiyalar bo`yicha ham g`oliblar aniqlandi. 

“Yilning eng faol yosh jurnalisti” ko`rik-tanlovi g`oliblari tashkilotchilarning diplom va qimmatbaho sovg`alari bilan taqdirlandi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25