Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

«Fantaziya» taomi - juftingizga juda yoqadi!

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар:
Добавлено: 01.12.2016, 15:00

Zarur masalliqlar: 400 gr. go`sht qiymasi, 200 ml. tomat sharbati, 150 gr. pishloq, 100 gr. non, 3 bosh piyoz, 3-4 bo`lak sarimsoqpiyoz, 4 ta kartoshka, 2 dona pomidor, 1 dona tuxum,sut, ko`katlar, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Kartoshkalarni po`stidan tozalab, tuzli suvda qaynating. Pishgach, ezib, pyure tayyorlang.

2. Piyoz va sarimsoqpiyozni maydalab to`g`rang. Nonni sutda iviting.

3. Go`sht qiymasiga ivitilgan non, piyoz, sarimsoqpiyoz, tuxum, maydalangan ko`katlar, tuz va murch solib, yaxshilab aralashtiring. Qiymadan kotletlar yasang.

4. Kotletlar yuzasiga kartoshka pyuredan soling.

5. Olovga chidamli idishga tomat sharbatini solib, kotletlarni joylang. 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga qo`ying. So`ngra yuziga qirg`ichdan o`tkazilgan pishloq sepib, yana 10 daqiqa gaz pechida qoldiring. Taomni dasturxonga pomidor bo`laklari va ko`katlar bilan bezab torting.

1 soat

4 kishilik

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA