MDH Ijroiya kengashi kotibi Sergey Lebedev Toshkentga keldi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 01.12.2016, 17:46

MDH Ijroiya kengashi kotibi Sergey Lebedev Toshkentga keldi. Bu haqda Markaziy saylov qo`mitasidan xabar berishdi.

MDH kuzatuvchilar missiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish jarayonini 17 noyabrdan boshlab monitoring qilmoqda. 10 nafar uzoq muddatli va 60 nafar qisqa muddatli kuzatuvchidan iborat tarkibdagi Missiyaga MDH Ijroiya kengashi kotibi Sergey Lebedev boshchilik qilayotir. 

Saylov monitoringi jarayonida MDH uzoq muddatli kuzatuvchilari mamlakatimizdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyati bilan tanishdi, turli hududlardagi 104 ta uchastkada bo`ldi. Bundan tashqari, 24 noyabr kuni boshlangan va 2 dekabrda yakunlanadigan muddatidan oldin ovoz berish jarayonida ham ishtirok etmoqda. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии