Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Rossiyada qo`l barmoqlarini arra uzib yuborgan odamning barmoqlari operasiya qilinib, qayta tikildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Rossiya, Jarrohlik
Добавлено: 02.12.2016, 10:42

Omsk shahar tibbiy-jarrohlik markazi vrach-mikroxirurglari qo`l barmoqlarini arra uzib yuborgan erkakning barmoqlarini qayta tikib, joyiga qo`yish uchun besh soatlik operasiyani o`tkazishdi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.

Markaz xodimlarining ma`lumot berishicha, mikroxirurgiya bo`limiga Tyukalinsk yo`l-qurilish boshqarmasida ishchi bo`lib ishlovchi, qo`lining to`rt barmog`ini sirkulyar arra uzib ketgan erkak olib kelingan. Jabrlangan erkakka tuman kasalxonasida birinchi yordam ko`rsatilib, zudlik bilan Omsk shahriga etkazish tashkillashtirildi. Erkakning qo`l barmoqlarini saqlab qolish uchun, jarohat olgandan keyin olti soatdan kechiktirmay mikroxirurgga etkazish lozim bo`ldi. Uzilgan barmoqlar germetik plastik paketga o`ralib, muz solingan konteynerga joylashtirildi.

“Jarrohlar yuqori aniqlik bilan ishlovchi optik qurilma — maxsus mikroskop yordamida qon tomirlari, asablar, paylar, arteriya va venalarni ham tikib, ilgarigi holiga keltirishdi”, deyilada xabarda.

Operasiya muvaffaqiyatli o`tdi, bemor hozirda o`zini yaxshi his qilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA