Shamollashga qarshi reseptlar

Бўлимлар: Salomatlik
Теглар: Salomatlik, SUGDIYONA
Добавлено: 02.12.2016, 15:04

Shamollashning ilk belgilari paydo bo`lishi zahoti bir bosh piyozni maydalab, 1 piyola asal bilan aralashtiring va aralashmadan kuniga 4 marta 1 choy qoshiqdan qabul qiling.

Tumov bezovta qilganda esa moychechakni 20 daqiqaga damlab qo`ying. Tingach, unga 3 stakan qaynagan suv solib,  bug`idan og`zingiz bilan  nafas oling. Muolajani uxlashdan avval bajaring.  

Shamollash asoratsiz kechishini istasangiz, o`rtacha kattalikdagi piyozni qirg`ichdan chiqarib, ustidan yarim litr qaynab turgan sut soling, 20 daqiqaga iliq joyda qo`yib tindiring. So`ngra suzgichdan o`tkazib, sutning yarmini yotishdan avval iching. Tongda esa qolgan yarmini iching. Muolajani 2-3 kun davomida takrorlang.

Tana harorati ko`tarilganda, anor suvi va malinali choy isitma tushirishga yordam beradi. Ko`proq suyuqlik iching, bu tanadagi toksinlarni yuvib tushiradi.

3 osh qoshiq mayda ezilgan piyozni 50 gr. qaynagan suvga soling, yarim choy qoshiq asal qo`shing va 30 daqiqa tindiring. Bu damlama bilan burningizni chaying.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08