Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

2016 yilning eng foydali 5 gadjeti

Бўлимлар: Hi-tech
Теглар:
Добавлено: 09.01.2017, 09:43

O`tgan yilda texnologiyalar sohasida ko`pdan-ko`p ixtirolarga qo`l urildi. Ushbu maqolamiz orqali har bir xonadonda asqatishi mumkin bo`lgan 2016 yilning eng foydali elektron kashfiyotlari bilan tanishasiz.

Samsung Family Hub Refrigerator - samy umny xolodilnik.

1. Samsung Family Hub Refrigerator – eng aqlli muzlatkich.
Samsung Family Hub Refrigerator – favqulodda ko`p funksiyaga ega tarixdagi birinchi mukammal “aqlli” muzlatkich sifatida e`tirof etilmoqda. U o`z egasining hayotini sezilarli ravishda engillashtirishga qodir. Muzlatkichda ko`psonli kamera, bo`lma va mahsulotlarni saqlash funksiyasidan tashqari ma`lumotlar paneli mavjud, shu tufayli uni bemalol mini-kompyuter deb atash mumkin. Mazkur tizim istalgan mobil qurilma orqali muzlatkichni boshqarish, internetga ulanish, mahsulotlarni xarid qilish va boshqa amallarni bajarishga imkon beradi. 

SkyBell HD WiFi Video Doorbell - elektronny dvoreskiy.

2. Sky Bell HD Wi Fi Video Doorbell – elektron soqchi.
“Aqlli qo`ng`iroqlar” texnologiyalar bozorida anchadan beri mavjud, ammo Sky Bell HD Wi Fi Video Doorbell bugungacha qayd etilmagan muvaffaqiyatga erishdi. Qanday qilib deysizmi? Hammasi oddiy, faqat uning ishlab chiqaruvchilarigina barcha zarur funksiyalarni bitta gadjetda to`plashni uddaladilar. Yangi ixtiro kameradan olingan tiniq tasvir, uni mobil qurilma orqali to`g`ridan-to`g`ri namoyish etish, eshik oldida turgan inson va jonivorlarni aniqlash tizimi va boshqa imkoniyatlari bilan farqlanadi.

Nest Cam Outdoor - polnaya garantiya bezopasnosti.

3. Nest Cam Out door – to`liq xavfsizlik kafolati.
Gap xonadondagi xavfsizlik masalasi haqida ketganida eng yaxshi kuzatuv kamerasiga to`xtalib o`tmasak bo`lmaydi. Bu nomga Nest Cam Outdoor qurilmasi har jihatdan munosib. Mazkur kamera 2014 yildan beri ishlab chiqarilayotgan bo`lib, model har yili sifat jihatidan yangi darajaga ko`tarilib bormoqda. Nest Cam Outdoor tashqi tarafdan odatiy kuzatuv kameralaridan farq qilmaydi, ammo yuqori sifatli tasvirni uzatishi va uy sohibining mobil qurilmasi bilan uzluksiz ishlashi uning ustun jihati hisoblanadi.

Logitech Pop - osveshenie dlya umnogo doma.

4. Logitech Pop – aqlli uy uchun yoritish tizimi.
“Aqlli uy” tizimiga vaqt o`tgan sayin qiziqish ortmoqda. Logitech Pop yaratilganiga uncha ko`p bo`lgani yo`q. Mazkur devays xonadondagi boshqa qurilmalar bilan bemalol “til topisha” olgani uchun uni o`z yo`nalishidagi eng yaxshi ixtiro deb ayta olamiz. Logitech Pop yordamida hatto yoritish tizimini nazorat qilish mumkin! Albatta bu kabi qurilma uchun zarur jihozlarni sozlash talab etiladi, ammo u yildan-yilga hammabop bo`lib boryapti.

Joule by ChefSteps: plita bolshe ne nujna.

5. Jouleby Chef Steps: plitaga endi zaruriyat yo`q. 
Unutmaslik zarur, 2016 yilda oshxona uchun ham ko`plab yangi ixtirolar yaratildi. Bir muddat ilgari an`anaviy taom tayyorlash o`rnini bosuvchi Jouleby Chef Steps deb nom olgan qurilma dunyo yuzini ko`rdi. Unga smartfon ulangan bo`lib, qurilma orqali istalgan narsani qovurish va qaynatish mumkin.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA