Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Rayhon Shahzoda bilan munosabatlari ayni paytda qay darajada ekanligini aytdi

Бўлимлар: Shou-biznes

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva va xonanda Shahzoda o`rtasidagi munosabatlar ko`pchilikni qiziqtiradi. O`zbek estradasida har birining o`z o`rni va o`z auditoriyasi bor. Ular bundan bir necha yil ilgari qalin dugona edi...

Rayhon jurnalist Jasur Hamroev bilan suhbatda ayni paytda hamkasbi Shahzoda bilan munosabatlari qay darajada ekanligiga aniqlik kiritdi.  

“Shahzoda bilan munosabatlarimiz neytral. Men uni yaxshi san`atkor sifatida hurmat qilaman, yaxshi ko`raman. 

Biz u bilan san`atga birga kirib kelganmiz. Hozirgi kunda uning ham, mening ham o`z o`rnimiz va muxlislarimiz bor. Men unga muxlislari bundan ham ko`p bo`lishini va ularning muhabbatini tilayman. Ijodi gurkirib-yashnashini istayman. Shahzodaga oilaviy hotirjamlik tilayman”,—deydi Rayhon. 

Shuningdek, xonanda Shahzoda bilan duet kuylashi mumkinligini ham bildirdi:

“Instagram`da bir qiz menga murojaat qilib, u saraton bilan kasallanganini va uning so`nggi istagi men va Shahzoda ijrosidagi duetni tinglash ekanligini ma`lum qildi. Agar bu ma`lumot rost bo`lsa va haqiqatdan ham saratonga chalingan shunday qiz bo`lsa, men unga yordam berishga tayyorman va Shahzoda bilan duet ijro etish g`oyasini ham qo`llab-quvvatlayman”.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram