Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Yangi qaror oilaviy ajralishlar oqibatida jabr chekayotgan farzandlarning manfaatlarini ta`minlaydi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Oila

2016 yilning 21 dekabrida Toshkent shahar hokimligi shahar prokuraturasi, Jinoyat ishlari hamda Fuqarolik ishlari bo`yicha shahar sudlari,  Adliya boshqarmasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Mahalla xayriya jamoat fondi, Mehnat bosh boshqarmasi, Sud departamentining shahar hududiy boshqarmasi, “Toshkent pochtampt” filiali bilan hamkorlikda “Toshkent shahrida ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari bo`yicha davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi qo`shma qaror qabul qildi.

Ushbu hujjat O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining, Fuqarolik kodeksining, Fuqarolik prosessual kodeksining tegishli moddalariga, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2011 yil 20 iyuldagi "Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo`yicha qonunchilikni qo`llash amaliyoti to`g`risida"gi 6-son qarori, 2006 yil 3 fevraldagi "Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida"gi 4-son qarori talablari ijrosini ta`minlash, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi orqali bugungi kunga qadar Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta`minlash departamenti Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga kelib tushgan jami 1 524 ta murojaatdan 688 tasini (45,1%) davriy aliment qarzdorliklar bilan bog`liq masalalar tashkil qilganligini, 2016 yil 1 dekabr holatiga sud ijrochilari bo`limlari ish yurituvida 21 904 ta aliment undiruvi bilan bog`liq ijro hujjatlari mavjud bo`lib, 2015-2016 yillar davomida jami 9 307 ta yangi ijro hujjatlari kelib tushganligini inobatga olib, Toshkent shahar hokimligi, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta`minlash departamenti Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, Toshkent shahar IIBB, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo`limi va Mehnat bosh boshqarmalarining aliment to`lovlariga oid ijro hujjatlarini ijrosini muddatida to`liq va sifatli bajarilishi bo`yicha hamkorligini yanada oshirish, shuningdek bu borada idoralararo nazorat hamda axborot almashinuvining samarali tizimini joriy etish maqsadida imzolangan.

Tadbirda Toshkent shahar hokimining birinchi o`rinbosari M. Obidov, hokim o`rinbosari F. Abdurahimova,   “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar bo`limi, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta`minlash departamenti shahar hududiy boshqarmasi,   Toshkent shahar hokimligi Harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo`yicha guruhi rahbarlari ishtirok etib, mazkur hujjatning mazmun-mohiyati haqida batafsil to`xtalib o`tdilar.

Mazkur qaror  shahar Ishchi guruhi tomonidan amalga oshirilgan o`rganishlar, tahlillar asosida tayyorlangan bo`lib, oilaviy ajralishlar tufayli tomonlar o`rtasidagi mulkiy masalalarni qonun darajasida hal etish, aliment to`lovlarini undirishda davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorlikdagi faoliyati bo`yicha mexanizmlarni tartibga solish bilan birga, ota-onalar va kezi kelganda, farzandlarning bu boradagi javobgarligini oshirishga qaratilgandir.

Muhim jihati, mazkur qaror,  ayniqsa keng jamoatchilikni tashvishga solayotgan oilaviy ajralishlar  oqibatida jabr chekayotgan farzandlarning manfaatlarini ta`minlashga xizmat qiladi.

Qarorda ko`zda tutilgan masalalarning amalda qanday hal etilishi, uning ishlash mexanizmi, bunda hamkorlarning vazifalari, ulardan ko`zlangan maqsad va natijalar haqida ham alohida so`z bordi.

Shuningdek, matbuot anjumanida jurnalistlar o`zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии