Doniyor Mamedov: “Ravshan biror marta shifoxonaga tushmagan edi”

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Shou-biznes
Добавлено: 10.01.2017, 14:01

Kecha, 9 yanvar kuni “Bayram” guruhi yakkaxon xonandasi Ravshan Hojiakbarov 44 yoshda vafot etdi. 

Xonanda insult oqibatida olamdan ko`z yumdi. Bu haqda aktrisa Gavhar Sharipova o`zining Facebook`dagi sahifasida ma`lum qildi. Ma`lum bo`lishicha, aktrisa guruh xonandalaridan biri Doniyor Mamedov bilan bog`langan. 

“Ravshan hamisha hayotdan xursand, juda samimiy inson edi. Biror marta shifoxonaga ham tushmagan”,—deydi Doniyor Mamedov.

Aziz Rajabiy ham o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Ravshan Hojiakbarov haqidagi xotiralarini yozib qoldirdi: 

“Ravshan Hojiakbarov bilan Uspenskiy nomli musika maktabida bir sinfda o`qigan edik. Juda xushchaqchaq yigit edi. Olloh rahmatiga olgan bo`lsin!”

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии