Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Rayhon: “Oilani saqlab qolish borasida fikr bildirish uchun etarli tajribaga ega emasman”

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Rayhon G`anieva
Добавлено: 10.01.2017, 14:42

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva jurnalist Jasur Hamroev bilan intervyuda muxlislarning turli mavzulardagi savollariga javob berdi. Ulardan biri oilani saqlab qolish uchun nima qilish kerakligi haqida so`radi. 

Rayhon bu savolga quyidagicha javob berdi: 

“ ‘Oilani va undagi muhabbatni saqlab qolish uchun nima qilish kerak?’ degan savolga, o`ylashimcha  bir necha yillardan keyin javob bera olishim mumkin. Chunki o`shanda menda haqiqatdan ham bu savolga javob berishim uchun etarlicha tajriba bo`ladi. Bugun esa men rafiqa sifatida har qanday vaziyatda ham turmush o`rtog`imni qo`llab-quvvatlashim va undan bir pog`ona pastda bo`lishim kerakligini tushunaman. Eng asosiysi, er va xotin o`rtasida muhabbat bo`lishi va ular o`zaro bir-birini tushunishi kerak. Agar er-xotin bir-birini tushunmasa, turmush darz keta boshlaydi. Biroq agar tuyg`ular bo`lsa, har qanday vaziyatda ham hammasini o`zgartirish mumkin”.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA