2016 yilning 11 oyida Toshkentda 1012 oila ajralishining oldi olindi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Oila, Toshkent
Добавлено: 10.01.2017, 15:07

Toshkent shahar hokimligida ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari bo`yicha davlat organlari va jamoat tashkilotlari hamkorligini yanada kuchaytirishga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi.

Tadbirda Toshkent shahar hokimining birinchi o`rinbosari M.Obidov, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatidan va moliyaviy ta`minlash departamenti Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig`i J.Bo`riev va boshqalar ishtirok etishdi.

Toshkent shahar hokimligi, shahar prokuraturasi, Jinoyat va Fuqarolik ishlari bo`yicha shahar sudlari, adliya boshqarmasi, ichki ishlar bosh boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar bo`limi, mehnat bosh boshqarmasi, Sud departamentining shahar hududiy boshqarmasi, “Toshkent pochtamt” filiali hamkorligida ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlarini himoya qilish, ota-ona o`rtasidagi ajralish holatlarining oldini olish, farzandlar taqdiri va bu boradagi jarayonlarni nazorat qilishga alohida e`tibor qaratilmoqda. 

– Oilaviy munosabatlarni tiklash, ajralishlarning oldini olish, ajrashgan oilalarda tarbiyalanayotgan farzandlar taqdiri, farzandlar uchun aliment to`lash, aliment undiruvidagi qarzdorlik masalalarini hal etishda davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligi yaxshi samara bermoqda, – deydi Toshkent shahar hokimining o`rinbosari, shahar xotin-qizlar qo`mitasi raisi F.Abdurahimova. – Masalan, ana shunday hamkorlik natijasida o`tgan yilning o`n bir oyida 1012 oila ajralishining oldi olindi. Bundan tashqari,  alimentdan bosh tortayotgan fuqarolarga chora ko`rish, agar u ishsiz bo`lsa, ish bilan ta`minlash kabi masalalarni hal etish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.

Tadbirda ishtirokchilarning savollarga mutaxassislar javob berdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии