Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Olimlar ota-onaning umrini qanday uzaytirish mumkinligini aniqlashdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Farzand, Ota-ona
Добавлено: 10.01.2017, 18:00

Olimlar muhim va noodatiy kashfiyotlari bilan bizni tez-tez hursand qilib turishadi.

Masalan, yaqinda Kaliforniya universiteti olimlari ota-onalarimizning umrini qanday uzaytirish mumkinligini aniqlashdi. Buning yo`li juda oddiy ekan.

AdMe.ru tadqiqot natijalari bilan bo`lishdi, shundan so`ng yaqinlarimizga bizning e`tiborimiz qanchalik muhim ekanligini anglab etasiz.

Aniqlanishicha, yolg`izlik insonni qaritadigan va o`limga olib boradigan asosiy sabab sanaladi. Olimlar 1 600 nafar qariyaning hayotini kuzatishdi, ularning o`rtacha umri 71 yoshni tashkil qildi. Unda salomatlik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar hisobga olinmadi. Faqat yolg`izlik.

6 yil davomida tadqiqotning 23% yolg`iz ishtirokchilari, yaqinlari doimiy ravishda xabar olib turadigan bor yo`g`i 14 % keksalar vafot etishdi.

Inson yoshi ulg`ayishi bilan yaqinlari bilan munosabatlarga katta ahamiyat beradi. Bu vaqtda esa farzandlarda ota-onalari bilan muloqot qilishga vaqt etishmasligi mumkin.

Keksalar doimiy ravishda do`st va yaqinlarining kamchiliklariga sabr bilan munosabatda bo`lishadi. Ular doim o`z hayotiy tajribalari bilan bo`lishishga tayyor.

Hayotimizda biror mushkullikka duch kelishimiz bilan biz birinchilardan ota-onalarimiz, buvi-buvalarimizning huzuriga oshiqamiz. Shu sababli ular ham bizning mehr-muhabbatimiz va e`tiborimizga muhtoj ekanliklarini unutmang. Haftada hech bo`lmasa 2 soat, kuniga bor yo`g`i bitta qo`ng`iroq — va siz ularning umrlarini uzayishi uchun yana bir imkoniyat yaratasiz.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA