OAV: qirollik oilasi Elizaveta II vafot etgani haqida xabar chop etdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: OAV
Добавлено: 11.01.2017, 09:37

Yangi yildan bir necha kun oldin Britaniya qirolichasi Elizaveta II qatiq shamollagani ma`lum bo`ldi, buning natijasida u an`anaviy Rojdestvo kechasida ishtirok etmadi. Shundan so`ng internetda shahzoda Filippning rafiqasi vafot etgan haqida mish-mishlar avj oldi. Bunday xabarlar yirik OAV e`tiboridan ham chetda qolmadi, deya xabar beradi Britaniyaning BBC teleradiokompaniyasi.

Elizaveta II o`limi haqidagi mish-mishlar @ecclesmanutd niki ostidagi foydalanuvchining sharhida paydo bo`ldi. “Elizaveta II vafot etdi. Britaniya OAV muhim axborotni tarqatishmayapti. Bu haqiqat”, — deb yozadi erkak #mediablackout xeshtegi ostida. Shundan so`ng qirolichaning o`limi haqidagi xabar yashin tezligida tarqalib ketdi.

BBC jurnalistlari post muallifi bilan bog`lanishdi. Erkak shunchaki, rafiqasi “Feysbuk”da o`qigan xabarni tarqatganini aytdi. Ushbu ma`lumotlarning qanchalik haqiqatga yaqinligini aniqlashtirish bilan shug`ullanmagan.

Yil ohirigacha “Tvitter”da yuzdan ortiq #mediablackout xeshtegi ostida xabar qoldirdi, unda Britaniya hukumati Elizaveta II o`limini yashirayotgani haqida sharhlar yozilgan.

BBC xodimlari ushbu ma`lumotlarni tarqatayotgan eng mashhur akkauntlarning mualliflari bilan bog`landi. Ularning barchalari ushbu xabarni do`stlaridan yoki radiodan eshitganliklarini aytishgan.

Umuman olganda, mazkur mish-mishlar 8 yanvar kuni qirolicha davolanib, ilk bor omma oldida paydo bo`lganidan so`ng o`z echimini topdi, deya xabar beradi Yahoo! News nashri.

Bundan tashqari, ayrim OAVlar qirollik oilasining rasmiy saytida bu haqda rasman ma`lumot berilgani haqida ham xabar chop etildi. 

Biroq tez oradan so`ng ushbu xabar olib tashlandi.

Bu qirolicha Elizaveta II internet-foydalanuvchilar tomonidan “dafn etilayotgani” haqidagi ilk xabar emas.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии