Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Toshkentda askarlar va ularning ota-onalari uchun videomuloqot tashkil etildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Toshkent
Добавлено: 11.01.2017, 10:02

Toshkent shahar hokimligida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan “Mening o`g`lim – Vatan himoyachisi” mavzuida “Toshkent – Nukus” videomuloqoti va “Askar onalarini sharaflaymiz” deb nomlangan madaniy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda

“O`zbekiston – mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz faxru g`ururimiz!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirlarda mamlakatimizning turli hududlarida yigitlik burchini o`tayotgan toshkentlik askarlarning ota-onalari, poytaxtimizdagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan qoraqalpog`istonlik askarlar, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdi. 

Toshkent shahar hokimi o`rinbosari, shahar xotin-qizlar qo`mitasi raisi F.Abdurahimova va boshqalar xonadonlarimizdagi osudalik, osmonimiz musaffoligi, bugungi ozod va obod hayotimiz, shubhasiz, milliy armiyamizni isloh etish borasida izchil amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ishlar samarasi ekanini ta`kidladi. Bugun Vatanimizni himoya qilish har bir yigit uchun nafaqat konstitusiyaviy burch, balki yuksak shon-sharaf ishiga aylangan. 

Onlayn muloqotda askarlar ota-onalariga barcha zamonaviy sharoitlarga ega bo`lgan harbiy qismlarda o`z muqaddas burchini sharaf bilan o`tayotgani haqida so`zladi. Mamlakatimiz mudofaa qudratini yanada mustahkamlash, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini, sarhadlarimiz daxlsizligini ta`minlashga hissa qo`shayotganidan g`ururlanishini ta`kidladi. 

 
Tadbirda “O`zbekkino” milliy agentligi va “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamkorligida tasvirga olingan askarlarning oila a`zolari bilan suhbati, ularning tibbiy ko`rigi haqida videolavha namoyish etildi. Muloqot davomida ota-onalarning o`z jigargo`shasi harbiy hayoti, ularga yaratib berilgan sharoitlardan boshi ko`kka etdi. 

 
Tadbirda harbiy xizmat davomida safdoshlariga o`rnak bo`layotgan askarlar, ularning ota-onalariga tashakkurnoma va esdalik sovg`alari topshirildi. Xalqimiz ardog`idagi shoir va san`atkorlarning Vatan, ona, tinchlik, mardlik va jasoratni madh etuvchi she`rlari, kuy-qo`shiqlari yig`ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25