Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Xitoyda Pokemon GO taqiqlandi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:

XXRning matbuot, radiouzatish, kinematografiya va televidenie ishlari bo`yicha Davlat boshqarmasi Pokemon GO mobil ilovasini qonunga zid deb e`lon qildi. Mamlakat hukumati ushbu o`yinni fuqarolarning hayoti uchun xavfli deb topdi, bu haqda Reuters xabar berdi.

Aytilishicha, Xitoy hukumati Pokemon GO o`yiniga taqiqni to`g`ri qabul qilishdi, sababi mazkur o`yin oqibati o`lim bilan tugagan turli hodisalar sodir bo`lgandi. Bundan tashqari mamlakat o`yin paytida ishlatiladigan geolokasiya ma`lumotlari sababli “geografik axborot xavfsizligidan” ham havotirda.

Pokemon GO — smartfonlar uchun mobil ilova bo`lib, u qo`shimcha reallik elementlarini o`z ichiga oladi. Mazkur ilova 2016 yilning 6 iyul kuni Nintendo kompaniyasi tomonidan ishga tushirilgan. O`yin Yaponiyaning “Pokemon” multseriali asosida yaratilgan, va uning maqsadi shahar bo`ylab virtual mavjudotlarni izlash hisoblanadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии