Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Rossiyalik sobiq milisiya xodimi 60 nafar ayolni o`ldirganligini tan oldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Rossiya

Rossiyaning Angarsk shahrida yashovchi Mixail Popkov “Komsomolskaya pravda” saytiga bergan intervyusida tergovni chalg`itmaganligini va xizmat mavqeidan hech qachon foydalanmaganligini ma`lum qildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri. 

Hisobida 60 dan ortiq ayolning hayotiga nuqta qo`ygan qotil Mixail Popkov hali milisiya xodimi bo`lib ishlayotgan paytidayoq qotillikka qo`l urgan. U jurnalistning “Izlarni mohirona yashirganligi” to`g`risida bergan savoliga “Bu erda hech qanday mohirlik haqida gap bo`lishi mumkin emas, hech qachon iz qoldirmaslik kerak, bu esa juda oddiy!” deb javob berdi. 

Mixail Popkov tezkor navbatchi lavozimida ishlagan, tergovga aloqasi bo`lmagan. 

“Mening vazifam bor-yo`g`i jinoyatlar haqida tushgan xabarlarni tegishli kitobga qayd etish, tezkor xodimlarni voqea joyiga olib borish uchun transport xizmatini tashkil etishdan iborat edi. Boshqa jarayonda ishtirok etmaganman”, dedi qotil.

U ikki marotaba o`zi amalga oshirgan jinoyat joyiga chiqqan.

“Bir jasadni bir necha oydan keyin, yana birini esa voqea ro`y bergan kunning ertasiga topishdi. Men tezkor xodimlar bilan voqea joyiga chiqqanda ham qo`limdan hech nima kelmasdi. Ularning ko`z o`ngida dalil-isbotlarni yo`q qilolmasdim. Umuman olganda hech qanday dalil-isbotning o`zi yo`q edi. Chunki jinoyat sodir etganda umuman iz qoldirmaganman”, deb takrorladi Mixail Popkov.
 
Qotil aynan izlar, DNK ekspertizasi orqali aniqlandi. O`sha paytlarda huquq-tartibot idoralarida bu yangi qo`llangan usul edi. Popkov shu erga kelganda bilimsizlik qilganini tan oldi.

“DNK ekspertizasi o`tkazilishi xayolimga ham kelmagandi, chunki men boshqa asrning odamiman. Hozirgi zamonaviy texnologiyalar, usullar ilgari qo`llanmagan. Agar ulardan xabarim bo`lganda, hozir bu erda o`tirmagan bo`lardim”, dedi qotil.
 
Hozirda Mixail Popkov 1994 yildan 2000 yilgacha bo`lgan davr mobaynida isbotlangan 22 ta qotillik bo`yicha bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan. 2017 yilning yanvar oyida tergov yana 25 epizod bo`yicha uni qotillikda aybladi. Mixail Popkov 60 dan ortiq ayolni o`ldirganini tan oldi. U ichki ishlar xizmatidan bo`shagandan keyin avtomobilda Vladivostokka qatnagan, jasadlarni esa yo`l chekkasiga ko`mib ketgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии