Toshkentning bir qator ko`cha nomlari o`zgardi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Toshkent
Добавлено: 11.01.2017, 10:43

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qarori bilan poytaxtimizdagi yangi ko`chalarga nom berildi hamda mavjudlarining nomi o`zgardi.

Shahar hokimiyati bergan ma`lumotlarga ko`ra, Shayhontohur tumunidagi yangi uchastkali Nurafshon ko`chasi Nurafshon Aylanma ko`chasi deya nomlandi, yaqinda Mirzo Ulug`bek shoh ko`chasi hamda Mirzo Ulug`bek tumanidagi Parkentskiy ko`chasi orasida ochilgan yangi ko`cha Taraqqiyot ko`chasining davomi bo`ldi. 

Uchtepa va Shayhontohur tumanlaridagi Mannon Uyg`ur ko`chasi Ko`kcha Darvoza nomiga o`zgartirildi, Ko`kcha Darvoza esa Qoratosh ko`chasining bir qismi bilan Ko`kcha Darvoza tor ko`chasi bo`ldi. 

Yakkasaroy tumanidagi Muqumiy va Bobur ko`chasini bog`lagan yangi ko`cha Muqumiy ko`chasining davomi bo`ldi.

Olmazor tumanidagi Taraqqiyot ko`chasi boshqa tumanda ham shu nomli ko`cha borligi sababli Dilsaroy deb qayta nomlandi.

Yunusobod tumanidagi sobiq radiostansiya hududidagi eski ko`chaga Qanoat deb nom berildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии